La Liga prezidenti Xaviyer Tebas Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) prezidenti Djanni Infantino faoliyatidan norozi ekanligini bildirdi.
«Men unga o'n yil davomida qarshi chiqdim va fikrim o'zgarmadi. FIFA imiji ko'p yillar davomida jiddiy zararlandi. Infantino haqida aytadigan bo'lsak, uning obro'si mutlaqo mukammal emas», — dedi Tebas L’Equipe'ga.
La Liga rahbari Infantino bir tomonlama qarorlar qabul qilishidan norozi. Tebas FIFA rahbarining harakatlari milliy ligalarga va o'yinchilarga zarar yetkazayotganini ta'kidladi.
Infantino 2016 yildan beri FIFA prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. Avvalroq, u 2027 yilda federatsiya rahbari saylovlarida ishtirok etish niyatini bildirgan edi.
