«Barselona» futbolchisi Jerar Martin jamoaning kelgusi mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

Juma kuni «sine-granatovye» «Birmingem»ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi va o‘yinda 2:2 hisobida tenglik o‘rnatilgandan so‘ng, penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

«Har bir mashg‘ulotda, har bir o‘yinda o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak. Men «Barselona» asosiy tarkibida joyimni mustahkamlash uchun kurashaman», – dedi Martin.

Biz hamma narsani yutmoqchimiz. Chempionlar ligasi ayniqsa muhim, lekin biz barcha trofeylarni qo‘lga kiritishni xohlaymiz», – deb keltiradi Barca Universal Martin so‘zlarini.

O‘tgan mavsumda «Barselona» La Ligada birinchi o‘rinni egallab, Ispaniya Superkubogini yutdi.