Madriddagi Realning darvozaboni Tibo Kurtua «Barselona»ga qarshi Ispaniya chempionatidagi o'yinda hakamlar ishidan xavotirda ekanligi haqida savolga javob berdi.
«Yo'q, chunki men hakamlarga ishonaman. Ular tirik odamlar va xato qilishlari mumkin. Ammo xatolar har doim bir tomonga bo'lmasligi umididamiz», — deya Kurtuaning so'zlarini keltiradi Cope.
Darvozabon hakamlarning qarorlaridagi noaniqlikdan norozi ekanligini ta'kidladi.
«El Klasiko» 25-oktabr, yakshanba kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi. La Ligada to'qqizta turdan so'ng, «Barselona» 27 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, Real esa uchinchi o'rinda (21 ochko) turibdi.
