Hujumchi Franco Mastantuono bu yozda «Real»dan ijaraga beriladi.
Jurnalist Ben Fernandes Santosning ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik futbolchi jamoa bilan birga Avstriyaga jo'namaydi, u yerda 1 avgust kuni «Fiorentina»ga qarshi nazorat o'yini o'tkazilishi rejalashtirilgan. Buning sababi, hozirda Mastantuononi boshqa klubga ijaraga berish bo'yicha muzokaralar olib borilayotganidir.
Franco Mastantuono «Real»ga «River Pleytdan» 2025 yilda 45 million evro evaziga o'tgan. Uning Madrid klubidagi shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi «Real» safida barcha musobaqalarda 35 o'yin o'tkazib, 3 gol urdi va 1 golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Mastantuononing qiymatini 45 million evro deb baholamoqda.
