Ispan vingeri Lamin Yamal agar «Zolotoy myach» mukofotini qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, g‘alabasini nishonlash uchun bayram o‘tkazmoqchi.
Mashhur jurnalist Viktor Navarro xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi marosimga o‘z yaqinlari bilan birga borish uchun maxsus samolyot buyurtma qilgan. Bundan tashqari, Yamal g‘alaba qozonishi holatida Parijda bayram tashkil etishni rejalashtirgan.
«Zolotoy myach» mukofotini topshirish marosimi 2026 yil 26 oktyabrda Angliya poytaxtida o‘tkaziladi. Yamal «Bavariya» hujumchisi Garry Keyn bilan birga mukofot uchun asosiy favoritlardan biri hisoblanadi.
Faqat bitta odam «Zolotoy myach» – 2026 egasining ismini biladi
