Madriddagi «Real» «Levante»dan hujumchi Karlos Espini sotib olganini e'lon qildi. «Slivochnie» o'zining rasmiy saytida transferni tasdiqladi. Jurnalist Arancha Rodriguezning xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jozef Mourinyoning so'rovi bilan sotib olingan. Portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatiga ushbu o'yinchi haqida ma'lumot bergach, shartnoma ustida ish boshlangan.
«Real» hujumchining «Levante» bilan imzolangan shartnomasidagi 25 million evro miqdoridagi to'lovni faollashtirdi va keyinchalik o'zaro kelishuvga erishdi. Taxmin qilinayotganidek, yangi o'yinchi juma kuni jamoa bilan birinchi mashg'ulotini o'tkazadi.
