Ispaniya Arbitrlari Texnik Komiteti (CTA) prezidenti Frans Soto Ispaniya klublari musobaqalarida yangi mavsumda amal qiladigan yangiliklar haqida ma'lumot berdi. Ularning orasida - jahon chempionatida faol qo'llanilgan suv ichish pauzalari mavjud.
«Suv ichish pauzalari faqat 32 darajadan yuqori haroratda kiritiladi», - deya qayd etdi CTA rahbari Marca portaliga.
Shuningdek, almashtirilayotgan o'yinchi maydondan o'n soniyadan ko'p bo'lmagan vaqtda chiqishi kerakligi e'lon qilindi. Aks holda, uning o'rnini bosuvchi o'yinchining chiqishi bir daqiqaga kechikishi mumkin.
Yana bir yangilik sifatida, ichiga mikrochip o'rnatilgan to'pdan foydalanish rejalashtirilmoqda. Ushbu texnologiya ofsaydlarni aniqlashda aniq kadrni avtomatik ravishda belgilash imkonini beradi, ammo Soto texnik nosozliklar yuz berishi mumkinligini ta'kidladi.
