«Barselona» futbolchisi Alejandro Balde, katalon klubidagi eng yaxshi qanot himoyachisi kimligini aytib berdi.
«Men har doim Jordi Albani kuzatardim va uni yaxshi ko‘rardim, uning uzatmalari va tezligi. Mening fikrimcha, u «Barselona» tarixidagi eng yaxshi qanot himoyachisi», - deya 22 yoshli ispaniyalikning so‘zlarini keltirmoqda «ko‘k-qizil»lar matbuot xizmati.
Jordi Alba «Barselona» safida 2012 yildan 2023 yilgacha o‘ynadi. Ispaniya jamoasida 11 yil davomida himoyachi 459 o‘yinda maydonga tushib, 27 gol urdi va 99 ta golli uzatma berdi. «Ko‘k-qizil»lar safida Alba oltita marta Ispaniya chempioni bo‘lib, bir marta Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi.
