«Barselona» futbolchisi Karim Adeyemi o'z orzasi haqida gapirib berdi. Germaniyalik qanot o'yinchisi o‘tgan hafta «Borussiya» Dortmunddan «sine-granatoviylar» safiga qo'shildi. Kataloniyaning yangi yulduzi yangi jamoasi bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonishiga ishonishini aytdi.

– Sen «Borussiya» bilan finalda yutqazding. «Barselona» bilan qasos olishing mumkin deb o'ylaysanmi?

– Albatta. Chempionlar ligasini yutish – bu mening orzularimdan biri. Men bunga yaqinlashgan edim, lekin, afsuski, o'sha paytda yutqazdik. Men hali ham ushbu musobaqani yutishni orzu qilaman. Har kuni shu maqsadda ishlayman, – dedi Adeyemi «Mundo Deportivo»ga bergan intervyusida.

«Barselona» 2015 yildan beri eng nufuzli evrokubokni yutmagan. O'tgan mavsumda Hans-Diter Flik jamoasi 1/4 finalgacha yetib bordi, lekin «Atletiko»ga yutqazdi.