«Real» bosh murabbiyi Jozef Mourinyo Ispaniya chempionati doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘ladigan mehmonlik o‘yini oldidan jurnalistlar bilan muloqot qildi. Portugaliyalik mutaxassis o‘zining o‘yin rejasi haqida gapirishni rad etdi.

- Ushbu «El Clasico» uchun rejangiz qanday?

- Bunga javob bermayman. Keling, boshqa savolga o‘tamiz. Rejalar, tarkib, taktik sxema haqida gapirishni istamayman.

«Barselona» va «Real» futbolchilari 25 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan 23:00 da hakamning boshlang‘ich shovg‘isini eshitishadi. Futbol maydonidagi voqealarni matnli translyatsiya orqali LiveResult portalida kuzatib borishingiz mumkin.