Madridning «Real» klubi 2025-26 yilgi moliyaviy natijalarini e'lon qilib, rekord daromadlarni ma'lum qildi. Klub tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko'ra, transferlar hisobga olinmagan operatsion daromad 1 milliard 221 million evroni tashkil etdi, bu o'tgan mavsumga nisbatan 3,1% ga ko'proqdir.
Alohida ta'kidlanishicha, «Real» dunyodagi birinchi sport klubi bo'lib, yiliga bunday daromadga erishdi. O'sishning asosiy omillari «Santiago Bernabeu» stadionidan tushumlar va tijorat faoliyati hisoblanadi.
«Real» ning toza qarzi, stadionni rekonstruktsiya qilish loyihasini hisobga olmaganda, iyun oxirida 8,7 million evroni tashkil etdi.
