Yarim himoyachi Mark Bernal Kataloniyaning «Barselona» rahbariyati bilan yangi mehnat shartnomasiga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Jurnalistning xabar berishicha, tomonlar o'rtasidagi kelishuv to'liq yakunlangan. 19 yoshli yarim himoyachining yangi shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Rasmiy e'lon yaqin kunlarda kutilyapti.

Bernal «ko'k-qizil» jamoasida 2024 yil yozidan o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2029 yilning iyun oyida tugaydi. Transfermarkt  portalining ekspertlari yarim himoyachining bozor qiymatini 40 million evro deb baholamoqda.