Yarim himoyachi Frenski de Yong jarohati sababli Niderlandiya terma jamoasidan «Barselona»ga qaytib keldi.
Jurnalist Matteu Morettoning ma'lumotlariga ko'ra, katalon klubida o'yinchi jarohati tufayli to'rt oygacha maydondan chetlatilishi mumkinligidan xavotirda. Hozirda «sine-granatali» jamoa shifokorlarning oxirgi tashxisini kutmoqda.
Frenski de Yong 2019 yilda «Ayaks»dan «Barselona»ga 86 million evro evaziga o'tgan. Uning katalon klubidagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumda gollandiyalik futbolchi «sine-granatali» jamoada barcha musobaqalarda 38ta o'yin o'tkazib, bir gol urdi va sakkiz assistentlik qildi.




