11-turdan boshlab Ispaniya chempionati sudyalari o'yinlardan so'ng televideniyada chiqib, qabul qilingan qarorlarni tushuntirib, tahlil qilishadi. Cadena SER xabar berishicha, buni amalga oshirish uchun sudyalar texnik qo'mitasi har turda ikkita o'yinni tanlaydi.
Ushbu tashabbus La Liga, Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi va sudyalar kasaba uyushmasi bilan kelishilgan. Shuningdek, Segunda sudyalari ham ba'zi o'yinlardan oldin va keyin intervyular berishadi.
La Liga audiovizual loyihalarda ishtirok etgan sudyalarga jami 500 ming evro ajratadi.
Ushbu mavsumda sudyalar o'yinlardan oldin qisqa intervyular berishgan.
