Kataloniyaning «Barselona» futbolchisi Jerar Martin polshalik markaziy hujumchi Robert Levandovskining jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi. Hujumchi MSLda karerasini davom ettiradi.
«Levandovskining ketishi - og'ir zarba. U juda tajribali futbolchi. Robert jamoaga kelganida, biz eng yaxshi davrlarimizni o'tkazmayotgandik. Levandovski klubda bo'lgan vaqt ichida bizga ko'p narsalarni berdi. Uni juda sog'inaman», - deydi himoyachi Mundo Deportivo'ga bergan intervyusida.
Avvalroq, polshalik gol uruvchi erkin agent sifatida «Chikago Fayr»ga o'tgani ma'lum bo'ldi.
O'tgan mavsumda La Ligada 37 yoshli hujumchi 31 o'yin o'tkazdi, 14 gol urdi va ikki assist berdi.




