Madriddagi Real markaziy yarim himoyachisi Federiko Valverde so'nggi La Ligada «Barselona»ga qarshi (2:1) o'yinda olgan jarohati haqida ma'lumot berdi.

«Men hali 100% tayyor emasman», - dedi futbolchi El Chiringuito TV intervyusida.

Shu bilan birga, Valverde o'zini ancha yaxshi his qilayotganini qo'shimcha qildi.

Oldinroq, yarim himoyachining jarohati jiddiy emasligi haqida xabar berilgan edi. U 1-noyabrda Realning «Rasing»ga qarshi o'yiniga tayyorlanishi mumkin.

Hozirgi mavsumda urugvaylik futbolchi «oq ko'ylaklilar» safida barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda ishtirok etdi. Valverde bir gol urdi va ikki golli uzatmani amalga oshirdi.