O‘yinchi Morten Yulmann Madridning «Atletiko» klubiga Lissabonning «Sporting» klubidan o‘tdi. Bu haqda «matraschilar»ning matbuot xizmati xabar berdi.

27 yoshli futbolchi Ispaniyaning yetakchi klubi bilan 2031 yilning iyunigacha davom etadigan shartnoma imzoladi. Bitimning summasi oshkor qilinmagan, ammo avvalroq Yulmannning xarid qilish narxi «Atletiko»ga 45 million evroga tushishi haqida ma'lumot berilgan edi.

Yulmann 2023 yildan 2026 yilgacha «Sporting» safida o‘ynadi. Shu vaqt ichida daniyalik o‘yinchi 141 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol urdi va 12 golli uzatmani amalga oshirdi.

Ispaniyada yangi mavsum avgust oyi o‘rtalarida boshlanadi. Birinchi turda «Atletiko» o‘z maydonida «Malaga»ni qabul qiladi.