«Barselona»ning qanot o'yinchisi Lamin Yamal 20 yoshga to'lmasdan oldin evropaning yetakchi ligalarida eng ko'p gol urish bo'yicha rekordga yaqinlashdi.
19 yoshli ispaniyalik Alavesga qarshi o'yinda (6:1) ikki marta to'p urdi – endi uning «ko'k-qizillar» safida La Ligada 40 goli bor. Stats Foot ma'lumotlariga ko'ra, Yamal 20 yoshga to'lmagan o'yinchilar orasida so'nggi 30 yilda eng ko'p gol urganlar reytingida Maykl Ouen bilan ikkinchi o'rinni bo'lishmoqda. Rekordchi esa hali ham Kilian Mbappe bo'lib, u 20 yoshga to'lmasdan 41 marta to'p urgan. Ammo fransuzning rekordini saqlab qolish qiyin, chunki Lamin kelasi yil iyulda 20 yoshga to'ladi.
Qiziqarli tomoni shundaki, 2001 yilda Ouen 22 yoshida Oltin to'pni qo'lga kiritgan. Yamal 18 va 19 yoshida mukofotga yaqinlashdi, ammo ovoz berishda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egalladi. Mbappe esa, o'z navbatida, 28 yoshga to'lgunicha mukofotsiz qolmoqda.
