«PSJ» yaqin kelajakda katta transfer amalga oshirishi mumkin. Sky Sport jurnalisti Luka Bendoni xabar berishicha, «Barselona» hujumchisi Ferran Torres jahon chempionatidan so'ng parij klubiga o'tishga rozilik bergan.

Torres «PSJ»ga o'tishni xohlaydi – endi uning «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirishi juda qiyin ko'rinadi, ayniqsa, katalon klubiga Karim Adeyemi o'tishi mumkinligi hisobga olinsa.

26 yoshli Ferran Torresning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha davom etadi. Muxtasar portal Transfermarkt futbolchini 50 million evroga baholamoqda.

«PSJ» so'nggi ikki mavsumda Chempionlar ligasini yutdi.