Saudiya Arabistonining «Al-Hilal» himoyachisi Joau Kanselu yaqin kunlarda «Barselona»ga o'tishi kutilmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lishicha, 32 yoshli futbolchi «sine-granatoviylar» bilan ikki yillik shartnoma tuzishga rozi bo'lgan. Klublar o'rtasida kelishuv ham tez orada amalga oshishi kutilmoqda. Diario Sport ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik futbolchining transferi kataloniyalik buyuk klubga 10 million evrodan kamroq narxda tushadi.

Joau Kanselu o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Barselona»da ijarada o'ynadi. Har ikkala qanotda o'ynay oladigan himoyachi, Xans-Diter Flik jamoasiga La Liga chempionligi unvonini qo'lga kiritishda yordam berdi.