Braziliyalik hujumchi Rafinya Diasning «Barselona»dagi kelajagi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Diario SPORT nashrining xabar berishicha, 5 noyabrda Rafinya «Barselona» bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi kutilmoqda. Ushbu kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi.

Ma'lum qilinishicha, tomonlar shartnoma shartlarini bir necha hafta oldin kelishib olgan. Endi esa faqat zarur hujjatlarni imzolash qolmoqda.

Rafinya 2022 yildan beri «Barselona»da o'ynaydi. Hozirgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 13 o'yin o'tkazdi, 19 gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

29 yoshli Rafinyaning bozor qiymati, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 70 million evroni tashkil etadi.