Portugaliyalik himoyachi Joao Kanselu saudiyalik «Al-Hilal»ga qaytishni rad etdi. Bu haqda 365Scores xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Kanselu «Al-Hilal» rahbariyatiga, agar Simone Indzagi bosh murabbiylikdan ishdan bo'shatilmasa, qaytmaydiganini ma'lum qilgan.
Shunday qilib, Kanselu klubni «Barselona»ga o'tishga majbur qilishga harakat qilmoqda, u yerda o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida ijarada o'ynagan edi.
Oldinroq, kataloniyaliklar himoyachini saqlab qolishni xohlagan, lekin uning uchun talab qilinayotgan 10 million yevroni to'lashga tayyor emasligi ma'lum bo'lgan.
Kanseluning «Al-Hilal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.




