Yarim himoyachi Li Kan-In katta ehtimol bilan yozda «PSJ»dan ketadi.
Insayder Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, koreys futbolchisi Madridning «Atletiko» jamoasiga o'tadi. «Matrasniklar» allaqachon yarim himoyachi bilan 2031 yil 30 iyungacha shartnoma tuzishga muvaffaq bo'lgan. Endi tomonlarga futbolchining transfer summasini kelishish qolmoqda.
Li Kan-In 2023 yilda «Mallorka»dan «Barselona»ga 22 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi parijlik klubda barcha musobaqalarda 39 ta o'yin o'tkazib, to'rt gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, Li Kan-Inning qiymati 28 million evro deb baholanmoqda.




