Madriddagi «Real» hujumchisi Vinisiyus Junyor klubdan ketishni rejalashtirmayapti. Braziliyalik futbolchining «qirolicha» klub bilan tuzilgan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi, ammo o'yinchi shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishilishini ishonch bilan kutmoqda, deydi jurnalist Xose Feliks Dias. Avvalroq tomonlar jahon chempionati tugagach, muzokaralar o'tkazishi haqida xabar berilgan edi.

Vinisiyus Junyor 2018 yildan buyon «Real»da o'ynaydi. 25 yoshli futbolchi Madrid jamoasi safida barcha musobaqalarda jami 375 o'yin o'tkazib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatma berdi.