Ispaniyada Diego Simeonening Madridning «Atletiko» klubidan ketishi mumkinligi haqida yana gaplar boshlandi.
Argentinalik murabbiyning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Diario AS ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslik ehtimoli juda yuqori – bunday bo‘lsa, kelgusi mavsum mutaxassis uchun «matraschilar» boshqaruvidagi oxirgi mavsum bo‘ladi. Vaziyat kampaniya davomida aniq bo‘ladi.
Diego Simeone «Atletiko»ni 2011 yil dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda poytaxt jamoasi La Ligada to‘rtinchi o‘rinni egalladi va oldida «Barselona», Madridning «Real» va «Vilyarreal»ni qoldirdi.




