Madriddagi «Real» bu yozda «Chelsi» yarimhimoyachisi Enzo Fernandesni xarid qilishdan voz kechishga qaror qildi.

Ispan klubi arzon bo'lmagan argentinalik futbolchining transferi haqida doimiy gap-so'zlarni to'xtatish maqsadida rasmiy bayonot chiqardi. Jurnalist Ramon Alvaresning xabariga ko'ra, «Real» Fernandesning taktik jihatdan Federiko Valverde va Jud Bellingem bilan mos kelmasligini hisobga olgan. Aynan urugvaylik va ingliz futbolchilari atrofida «suvli» o'yinini markazda qurmoqchi.

Enzo Fernandesning narxi Transfermarkt portalida 90 million evro deb baholangan. Avvalroq madriddagi buyuk klub «Chelsi»dan boshqa futbolchi – chap himoyachi Mark Kukurelyani xarid qilgan edi.