«Real»ning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo kelgusi xalqaro tanaffusdan xavotirda ekanligi haqida berilgan savolga javob berdi.

«Meni faqat ertangi o‘yinga xavotirga soladi. Milliy jamoalar — bu mening muammom emas. O‘yinchilar milliy jamoalarga jo‘nab ketishidan xavotirda emasman. Mening uchun muhim bo‘lgan narsa — bizga qarshi tayyorgarlik ko‘rgan raqib bilan o‘ynash», — deya Mourinyo so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

11 turdan so‘ng «Real» Ispaniyaning La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, hisobida 27 ochko bor. Yetakchidan atigi uch ochko ortda turibdi.

Shanba, 7-noyabr kuni «Real» «Valensiya»ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi. O‘yin Moskva vaqti bilan 23:00 da boshlanishi kerak.