Yarim himoyachi Federiko Valsverde yangi mavsumda «Real» safida davom etadi.

Marca ma'lumotlariga ko'ra, turli bayonotlar va mish-mishlarga qaramay, urugvaylik yarim himoyachi «oq-qora» yangi bosh murabbiyi Jozef Mourinyo uchun asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Portugaliyalik mutaxassis ostida Valsverde to'liq boshlang'ich tarkib o'yinchisi bo'ladi.

Federiko Valsverde 2016 yilda «Penyarol»dan «Real»ga besh million evro evaziga o'tdi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida yarim himoyachi «oq-qoralar» safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yin o'tkazib, to'qqiz gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Valsverdening qiymatini 90 million evro deb baholamoqda.