Madriddagi Realning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo «Valensiya» bilan o'yin oldidan kutgularini baham ko'rdi.
- Men o'tmishni ko'p eslamaydiganlardan emasman. Mening uchun muhimroq narsa «Valensiya» klubi. Hozirda eng muhim narsa ertangi o'yin, men uni La Ligadagi eng qiyin o'yinlardan biri deb hisoblayman. Bu jamoada juda yaxshi tajribaga ega murabbiy bor, u o'z jamoalariga qanday falsafani o'rgatishni juda yaxshi biladi. Bizni qiyin o'yin kutmoqda. G'alaba qozonish uchun biz maksimal darajada bo'lishimiz kerak, - deydi Mourinyo Marca gazetasiga bergan intervyusida.
«Real» 7-noyabrda «Valensiya»ga qarshi mehmonlik o'yinini o'tkazadi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
