Madriddagi Real jamoasining bosh murabbiyi Jozef Mourinyo jamoa hozirda nimalarga e'tibor berishi kerakligini aytib o'tdi.
- Avvaldan ustunlikka erishish yaxshiroq, nafaqat orqaga qaytish - Santanderdagi kabi, birinchi bo'limda hisob 0:3 bo'lganida. Qaytish - bu ijobiy jihat, lekin bir vaqtning o'zida salbiy ham. Ishonch, kuchli zaxira, jamoaning motivatsiyasi va qaysi futbolkada o'ynayotganini tushunish muhim. Lekin bu vaziyatning salbiy tomoni ham bor, ustida ishlashimiz kerak. Biz o'yinlarning boshida ko'proq barqarorlikka erishishimiz lozim, - deydi Mourinyo Marcaga.
«Real»ning keyingi o'yini 7-noyabr kuni Valensiyaga qarshi mehmonlikda bo'lib o'tadi. Ispaniya chempionati uchrashuvi Moskva vaqti bilan 23:00da boshlanadi.
