Napadayi «Marsel» Meysoun Griynvud Madridning «Atletiko» klubida karerasini davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Yagiz Sabunjuoglu xabar berishicha, aynan «matraschilar» 24 yoshli futbolchi uchun raqobatda yetakchilik qilmoqda. Tez orada Ispaniya giganti hujumchining vakillari bilan muhim uchrashuv o‘tkazadi. Agar «Atletiko» ingliz futbolchisi bilan kelishuvga erishsa, «Marsel» klubining transfer so‘rovini muammosiz qondiradi.
Meysoun Griynvud o‘tgan mavsumda fransuz jamoasi safida 45 o‘yinda 26 gol urdi va 11 golli uzatma berdi. Transfermarkt saytida o‘yinchining narxi 55 million evro, uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.




