Kilian Mbappe yaqinda janjalli bir voqeaga aralashdi. «Real» hujumchisi Mao Zedonga «xitoylik diktator» deb hazil qilgani uchun tanqid qilindi. Xitoy aholisiga Mbappenning so'zlari haqoratli bo'lib tuyuldi.

The Touchline nashrining EFEga tayanib xabar berishicha, «Real» o'yinlari hali ham Xitoyda efirga uzatilmayapti. Bu borada Ispaniyadagi Xitoy elchisi Yao Jing izoh berdi.

«Bu noqulay hodisa Xitoydagi ko'plab insonlarning his-tuyg'ularini ranjitdi. Ular vaziyatni tushunish uchun vaqt talab etishmoqda. Xitoy xalqiga vaqt kerak. Bu ularga qiyin savol – ayniqsa, Xitoyda «Real» har doim katta sevgi va qo'llab-quvvatlashga ega bo'lganini hisobga olsak», - dedi Jing.

«Real» Ispaniya chempionatida La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda turibdi.