Madriddagi «Real» himoyachisi Ferland Mendi jiddiy muammolar bilan duch kelmoqda.

31 yoshli fransuz Madridda itining hujumi bo‘yicha sudga tortiladi. Ushbu hodisa 2023 yil yanvarida Ispaniya poytaxtining atrofidagi Alkobendas shahrida ro‘y berdi. O‘shanda futbolchining to‘rt itidan biri u mashinasini to‘xtatgan paytda uyidan chiqib ketdi. Ularning biri, ko‘chada itini sayrga olib chiqqan ayolning itiga hujum qildi. Yordamga 17 yoshli o‘smir keldi. Mendi itining o‘sha yigitni tishlab olishi natijasida, jabrlanuvchi Mendi uchun 6 oy qamoq va katta jarima talab qilmoqda. Bu haqda AS xabar bermoqda.

«Mendi itlar ustidan nazoratni saqlashda belgilangan talablarni buzdi. U odamlar va boshqa hayvonlar uchun haqiqatan ham xavfli vaziyat yaratdi», - deya ta’kidladi prokurorlar.