«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal Kataloniyaning yangi hujumchini qo'shib olish imkoniyati haqida fikrlarini bildirdi.

«Menga Xulian Alvares juda yoqadi. Mikel O'yarsabal ham. Lekin hammasi klubning qo'lida, menimcha, bu mening qo'limda emas», - deydi Yamalning so'zlarini insayder Fabrizio Romano keltirmoqda.

Lamin Yamal «Barselona»ning tarbiyalanuvchisi. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi «ko'k-qizillar» safida barcha turnirlarda 45 o'yin o'tkazib, 24 gol urdi va 18 golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Yamalning narxi 200 million evroga baholangan.