«Benfika» o'zining rasmiy saytida himoyachi Kleman Lenglening o'z safiga qo'shilgani haqida e'lon qildi. Lissabonliklar 31 yoshli fransuzni «Atletiko»dan 2026/2027 mavsumiga ijaraga oldi. Shundan so'ng, Lenglening «Benfika» bilan shartnomasi avtomatik ravishda yana ikki mavsumga – 2029 yilning o'rtalarigacha uzaytiriladi.

Kleman Lengle kariyerasi davomida «Barselona», «Nansi», «Sevilya», «Atletiko», «Tottenxem» va «Aston Villa» kabi jamoalarda o'ynagan. Endi tajribali himoyachi Portugaliyada o'zini yaxshi ko'rsatishga harakat qiladi.

«Benfika» o'tgan mavsumda Portugaliya chempionatida uchinchi o'rinni egalladi va Yevropa Ligasi saralashiga chiqdi.