Insayder Fabrizio Romano xabar berdi, "Barselona" hujumchisi Robert Levandovski MLSning "Chikago Fayr" klubiga o‘ynash uchun yo‘l oladi.

Oldinroq, polyak futbolchi Amerikaga kelib, mumkin bo‘lgan transfer shartlarini muhokama qilgan va kelajagi haqida qaror qabul qilgan edi. Shartnoma kelasi haftada imzolanadi.

So‘nggi to‘rt mavsum davomida Levandovski "Barselona"da o‘ynadi. O‘tgan mavsumda 37 yoshli polyak barcha musobaqalarda 19 gol urdi va to‘rtta golli uzatmalar berdi. Shuningdek, u 2026-yilgi jahon chempionatiga chiqolmasligi sababli Polsha terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.

"Chikago Fayr" MLSning Sharqiy konferensiyasini ifodalaydi. Hozirda ushbu klub konferensiyada uchinchi o‘rinda bormoqda.