«Real» o'z muxlislarini xursand qilmoqda – «Valensiya»ni 3:0 hisobida mag'lub etib, Jozef Mourinyo boshqaruvidagi jamoa g'alabalar seriyasini sakkiz o'yinga yetkazdi. O'yin so'ngida Mourinyo o'z futbolchilarining darajasini yuqori baholadi.
««Real» futbolchilari juda yaxshi. Bunday futbolchilarga ega bo'lgan murabbiy har doim g'alabaga yaqin bo'ladi», - deya Mourinyoning so'zlarini The Touchline keltiradi.
«Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalining yuqorisida «Barselona» bilan tenglashdi (har ikkala jamoada 30 ochko). Uchlikni «Atletiko» (28 ochko) to'ldiradi. Yakshanba kuni «Atletiko» «Barselona»ni qabul qiladi – jamoalar liderni aniqlash uchun maydonga tushadi.
