«Real» «Valensiya»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. «Mestallada» gollarni Federiko Valverde, Arda Gyuler va Kilian Mbappe kiritdi.

Endi Kilian Mbappening hisobida joriy mavsumda 13 gol mavjud, u La Ligada to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda turibdi.

Ispaniya chempionatidagi to'purarlar uchligi quyidagicha: Rafiga – 15 gol, Kilian Mbappe – 13 gol, Lamin Yamal – 10 gol.

«Barselona» o'z o'yinini yakshanba kuni o'tkazadi. Hans-Diter Flik jamoasi «Atletiko»ga qarshi juda qiyin o'yin kutmoqda. Matnli translyatsiyani LiveResult portalida kuzatib boring.