Fransuz yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga 13 iyulda Madridning «Real» jamoasiga qo'shiladi. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Kamavinga ta'tildan qaytgach, yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan shaxsiy uchrashuv o'tkazadi va kelajakni belgilaydi. Tomonlar, yarimhimoyachi jamoani tark etadimi yoki qolib, murabbiyga o'zining qobiliyatini isbotlashga harakat qiladimi, bu haqda qaror qabul qiladi.
O'tgan mavsumda 23 yoshli Kamavinga barcha musobaqalarda 43 o'yinda maydonga tushib, ikki gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kamavinganing «Real» bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.




