Urugvaylik yarimhimoyachi Federiko Valverde Madridning «Real» klubida 2026/2027 mavsumigacha qoladi. Bu haqda El Mundo jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qirollik» klubining rahbariyati yarimhimoyachini yuqori baholamoqda va uni jamoada saqlab qolishni xohlamoqda. Valverde va «sutli» klub o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyida tugaydi. Uning transfer narxi 90 million evroni tashkil etadi.
O'tgan mavsumda Federiko Madrid jamoasining 49 uchrashuvida ishtirok etdi. Urugvaylik yarimhimoyachi o'z hisobiga to'qqiz gol va 13 golli uzatmani yozdirib qo'ydi.




