Avvalgi «Barselona» hujumchisi Luis Suarez Lamina Yamalni Lionel Messi bilan solishtirish haqida fikr bildirdi.

18 yoshli ispaniyalik o'yinchi karerasining boshidan beri Messi merosxo'ri deb atalmoqda. Urugvaylik futbolchining fikricha, bunday taqqoslashlar mutlaqo to'g'ri emas.

«Yamalni Messi bilan solishtirish adolatli emas – ular ikki xil o'yinchi. Ha, ikkala o'yinchining ham sehrli chap oyog'i bor, ikkalasi ham ajoyib iste'dodga ega, lekin ular bir xil emas. Umid qilamanki, bir kun Lamin Leo darajasiga yetadi», – deydi 39 yoshli hujumchi BarcaTimes'ga bergan intervyusida.

Hozirda Luis Suarez va Lionel Messi «Inter Mayami» jamoasida birga o'ynamoqda. Birinchi 2020 yilda «Barselona»ni tark etgan, ikkinchisi esa bir yil o'tib.