Iyunning oxirgi kunida kataloniyalik «Barselona» yangi mavsum futbolkalarini rasmiy taqdimotini o‘tkazadi. Taqdimot MACBAda bo‘lib o‘tadi - bu zamonaviy san'at muzeyi bo‘lib, Barselonadagi eng muhim muassasalardan biridir.

U yerda katalon klubining o‘yinchilari qaysi raqamlarni tanlaganini bilib olish mumkin bo‘ladi. «Barselona» muxlislari uchun bu mavsumda 9-raqamni kim kiyishi sir bo‘lib qolmoqda — bu raqamni 4 mavsumdan so‘ng Robert Levandovski tark etdi.

Ushbu futbolka uchun asosiy da’vogar argentinalik Xulian Alvares bo‘lib, u «Blaugrana» formasini kiyishni juda xohlaydi, lekin buning uchun «Atletiko»ni o‘yinchidan voz kechishga ishontirishi kerak bo‘ladi.