Madriddagi Real jamoasining yarim himoyachisi Federiko Valverde yana bir bor uzoqdan zarba berib gol urdi.
Urugvaylik o'yinchi shanba kuni Valensiyaga qarshi o'yinda (3:0) hisobni ochdi. Valverde La Ligada urgan 26 golining 16 tasini jarima maydonidan tashqaridan zarba berish orqali kiritgan. Valverdening La Ligadagi debyutidan beri, 2017 yil sentyabridan, faqat Lionel Messi (34) va Yago Aspas (20) uzoqdan ko'proq gol urgan.
Umuman olganda, Federiko Valverdening hisobida «oq-qora» jamoasi uchun barcha musobaqalarda 387 o'yinda 44 gol va 46 golli uzatma mavjud.
