19 yoshli himoyachi Xorxe Salinasning santanderlik «Rasing»dan «Barselona»ga o‘tishi klub o‘rtasidagi tovon to‘lovi bo‘yicha kelishmovchiliklar sababli xavf ostida qolmoqda. Bu haqda sport.es xabar bermoqda,
Asosiy muammo tovon to‘lovi shartining talqiniga bog‘liq. «Rasing» jamoasi La Ligaga chiqishi bilan tovon to‘lovi summasi 8 million evrodan 16 million evrogacha avtomatik ravishda oshganini hisoblaydi. Biroq, «Barselona» va futbolchining vakillari bu oshirish faqat 1 iyuldan kuchga kirishini ta'kidlamoqda.
Katolon klubi iyun oxirigacha 8 million evro to‘lash orqali shartnomani rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda, ammo «Rasing» rahbariyati to‘liq 16 million evro to‘lashni talab qilmoqda.
Xabar qilinishicha, «Barselona»ning sport direktori Deku murosaga erishish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda, jumladan, akademiyadagi yosh futbolchilardan birini ijaraga berish imkoniyatini ham.
Holatni yanada murakkablashtiradigan jihat shundaki, Salinas hozirda Ispaniya terma jamoasi bilan U19 Yevropa chempionatida ishtirok etmoqda. Futbolchi hozirda milliy jamoada o‘ynashga e'tibor qaratgan bo‘lsa-da, klublar tovon to‘lovi shartlari muddati tugashidan oldin moliyaviy kelishmovchiliklarni hal qilishga harakat qilmoqda.




