Xulian Alvaresning Madridning «Atletiko» klubidan «Barselona»ga o'tishi haqidagi mish-mishlar kuchayib bormoqda.
«Matrasniklar»ning bu borada qat'iy rad javob berishiga qaramay, «sino-granatoviylar» yulduz argentinani qo'lga kiritish niyatidan voz kechmayapti. Jurnalist Jota Jordi xabar berishicha, voqealar rivoji kelasi haftada yuz berishi mumkin. Ehtimol, «Barselona» 26 yoshli hujumchi bo'yicha madridliklar bilan yana muzokaralar o'tkazishga harakat qiladi.
Xulian Alvaresning bozor qiymati Transfermarkt portaliga ko'ra 100 million evroga baholanmoqda, ammo «Atletiko» o'yinchi uchun ancha ko'p pul talab qilmoqda.




