Bivshiy kapitan va «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Roy Kin Madridning «Atletiko» klubidagi hujumchi Xulian Alvaresning boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Transfer hamma uchun eng yaxshi tanlov bo‘ladimi? Alvares uchun, ehtimol, lekin klub uchun aniq emas. «Matrasniklar» uni asosiy hujumchi sifatida olib, pul to‘lashdi va imkoniyat berdilar. Bu jamoada o‘ynayotganingizda, hamma uchun eng yaxshisini hal qilish mumkin emas. Bu egoizmni ko‘rsatadi», - deya bildirib o‘tgan irlandiyalik AS nashriga.

O‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 26 yoshli argentinalik 29 uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.