Fransuz hujumchisi Antuan Grizmann AQShga ko'chmoqda, uni «Orlando» jamoasida kutishmoqda. U allaqachon Shimoliy Amerikaga yo'l oldi va ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda tasdiqlovchi post joylashtirdi.
Ammo Ispaniyani (ehtimol, vaqtincha) tark etishdan oldin, Grizmann bir investitsiya qildi - Madridning Salamanka tumanida Grizi Cards nomli o'z butikini ochdi. Unda futbolni sevuvchi bolalar sevimli futbolchilarining fotokartochkalarini sotib olish va almashish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Dukonning onlayn varianti 2022 yilda ochilgan edi, lekin Grizmann butik ochishni juda xohlardi - va nihoyat, buni amalga oshirdi.




