Fransuz hujumchisi Kiliyan Mbappe g‘olib bo‘lgan jamoa har doim futbolga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydi - barchasi ularga moslashishga va imkon qadar o‘rganishga harakat qiladi.
«Futbolda bir lahzaning ahamiyati bor. G‘olib jamoalar har doim boshqa, kamroq muvaffaqiyatli jamoalar uchun futbol ilhomi bo‘ladi. G‘olib jamoa modani belgilaydi. Men bolaligimda bu «Barselona» edi, keyin esa «Real» o‘zining uchta hujumchisi bilan. Hozirda esa bu «PSJ»ning yuqori pressingi», - deydi futbolchi derbyderbyderby.it saytida.
Hozirda Kiliyan Mbappe Fransiya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etmoqda.




