30 yoshli daniyalik himoyachi Andreas Kristensen «Barselona» bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Ushbu ma'lumotni Mundo Deportivo tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar 2028 yilgacha yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Biroq, shartnomada maxsus opsiya kiritiladi — har qanday tomon bir yil ichida shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo'ladi, agar kimdir qoniqmasa.
Kristensen Saudiya Arabistoni, Angliya Premyer Ligasi va Bundesligadan yaxshiroq takliflar olganiga qaramay, «Barselona»da qolishga qaror qildi.
Kristensen 2022 yildan beri «sine-granatoviylar» safida to'p surmoqda. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 18 ta o'yin o'ynab, bitta gol urdi.




