«Pari Sen-Jermen» «Atletiko»dan yarim himoyachi Li Kan-Inning transferi bo'yicha taklif oldi. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo gazetasi xabar bermoqda.

Avvalroq «matraschilar» janubiy koreys bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olganligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

Agar manbaga ishonilsa, «Atletiko» Frantsiya chempioniga Kan-In uchun 25 million evro taklif qilgan. Biroq bu variant klubni qoniqtirmaydi. Xabarlarga ko'ra, «PSJ» o'z futbolchisi uchun kamida 35 million evro olishni xohlaydi.

O'tgan mavsumda Kan-In «PSJ» safida 39 uchrashuvda maydonga tushib, to'rt gol urdi va besh marta hamkorlariga assistentlik qildi.